Thursday, July 2, 2015

Ruxsora

Muallif ruxsatisiz blogpostlardan nusxa ko`chirish hamda saytlar, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa yerlarda chop etish, yozib qoldirish ta`qiqlanadi.   

           (Qiz suratini ko'rib)
Rangin suratingni ko'rdim-u, birdan
Unutdim o'zligim.. Go'yoki dadar -
Xayollar uchdilar aqlimdan. Chindan -
Senmi men izlagan noma'lum dilbar?

O, shunday bo'lsa gar, olovlar, suvlar,
Ruhlar-u, jonzotlar, jamiyki inson
Aslo g'ov bo'lolmas yo'limga ular,
Men seni albatta topaman, ishon!


Har qator 1-so'zining 1-harfi terib chiqilsin.

Tuesday, June 30, 2015

Maftuna

Muallif ruxsatisiz blogpostlardan nusxa ko`chirish hamda saytlar, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa yerlarda chop etish, yozib qoldirish ta`qiqlanadi.   

Mana huzuringga she`rlarim yana
Anglanmas hislarni keldi yetaklab..
Fursat sudralgancha, sekin iymana
Tabassum qilganday kular ermaklab. 

Unsiz berkinmoqdan nedir manfaat,

Nechun ko'ngildagin yashirmoq, dildor?
Agar qo'rqoq bo'lsang tegmas muhabbat,
Muhabbat qo'rqoqqa tegmaydi, zinhor!

Har qator 1-so'zining 1-harfi terib chiqilsin.
2012